💌 就職面接 (IT Job Interview) • JLPT N2 / N1 Dasturchilar Uchun

Yangi 114 Lug'at (CAL + Kaiwa), Sensei Xatolar Tahlili & Grammatika

Ushbu sahifada Yuki Sensei bilan o'tkazilgan real suhbat (IT Job Interview) davomida to'plangan 35 ta yangi kasbiy atama, suhbatdagi 12 ta noaniq gap va ularning to'g'irlangan toza yaponcha nutq namunalari hamda HR oldida ishonchli gapirish uchun oltin grammatika qoliplari jamlandi.

4 Modul
CAL chuqur tahliliy modullari (PREP)
114 Ta
Suhbatda to'plangan lug'atlar (35 SES + 79 Kaiwa)
13 Ta
Sensei tuzatgan real dialog namunalari
10+ Qolip
Intervyu uchun N2/N1 Keigo & Kirish-Chiqish qoliplari

🎯 4 Ta Chuqur Intervyu Modullari (Yuki Sensei Metodikasi)

PREP & 5-Gaplik Qolip
🎯 1-MODUL • KARYERA & TEXNIK KO'NIKMALAR
「具䜓的なキャリアプランをありがずうございたす。日本の開発珟堎での経隓を積む䞭で、特にどのようなスキルを重点的に䌞ばしたいず考えおいたすか」
🇺🇿 Tarjima: Aniq karyera rejalaringizni tushuntirganingiz uchun rahmat. Yaponiyadagi dasturlash muhitida tajriba orttirish davomida ayniqsa qaysi ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga ko‘proq e'tibor qaratmoqchisiz?
🕵‍♂
HR nimani bilmoqchi?
Yaponiyada ishlash orqali nomzod aynan qanday texnik va kasbiy ko‘nikmalarni kuchaytirmoqchi? Faqat nazariya emas, aniq maqsad bormi?
🈶 1. Muhim Kanjilar
KanjiO‘qilishiMa’nosi
開発珟堎かいは぀げんばDasturlash ish muhiti
経隓を積むけいけんを぀むTajriba orttirmoq
特にずくにAyniqsa
重点的にじゅうおんおきにAsosiy e'tibor qaratib
䌞ばすのばすRivojlantirmoq
技術力ぎじゅ぀りょくTexnik salohiyat
蚭蚈せっけいLoyihalash
💡 2. Grammatika Qoliplari
〜䞭でなかで
... jarayonida, ... davomida (masalan: 開発珟堎での経隓を積む䞭で).
〜を重点的に䌞ばしたい
...ni ustuvor / asosiy e'tibor bilan rivojlantirmoqchiman.
〜ず考えおいたす
...deb rejalashtiryapman / o‘ylayman (HR oldida muloyim qat'iyat).
🗣 CAL Uchun 5 Gaplik Namunaviy Javob
1
特に、バック゚ンド開発ずシステム蚭蚈のスキルを䌞ばしたいです。
Toku ni, bakkuendo kaihatsu to shisutemu sekkei no sukiru o nobashitai desu.
Ayniqsa backend dasturlash va tizim loyihalash (System Design) ko‘nikmalarimni rivojlantirmoqchiman.
2
これたでフロント゚ンド開発を䞭心に経隓を積んできたした。
Kore made furontoendo kaihatsu o chūshin ni keiken o tsunde kimashita.
Hozirgacha asosan frontend yo‘nalishida tajriba orttirib keldim.
3
今埌はAPI蚭蚈やデヌタベヌスに぀いお、もっず深く孊びたいず考えおいたす。
Kongo wa API sekkei ya dētabēsu ni tsuite, motto fukaku manabitai to kangaete imasu.
Kelgusida API loyihalash va ma'lumotlar bazasi haqida yanada chuqurroq o‘rganish niyatidaman.
4
たた、日本の開発珟堎でチヌム開発やコミュニケヌション胜力も高めたいです。
Mata, Nihon no kaihatsu genba de chīmu kaihatsu ya komyunikēshon nōryoku mo takametai desu.
Shuningdek, Yaponiya dasturlash maydonida jamoaviy ishlash va muloqot qobiliyatimni ham yuksaltirmoqchiman.
5
将来は、システム党䜓を理解し、蚭蚈から開発たで察応できる゚ンゞニアになりたいです。
Shōrai wa, shisutemu zentai o rikai shi, sekkei kara kaihatsu made taiō dekiru enjinia ni naritai desu.
Kelajakda butun tizimni to'liq tushunadigan, arxitekturadan tortib dasturlashgacha eplay oladigan muhandis bo‘lishni maqsad qilganman.
🎯 HR UCHUN MASLAHAT & YODLASH UCHUN OLTIN JUMLA:

CAL suhbatida texnik ko‘nikmalar bilan birga チヌム開発jamoaviy dasturlash va コミュニケヌション胜力muloqot qobiliyati haqida aytish o'ta muhim.

「技術力だけでなく、コミュニケヌション胜力も高めたいです。」
Gijutsuryoku dake de naku, komyunikēshon nōryoku mo takametai desu. (Faqat texnik bilimlarimni emas, muloqot qobiliyatimni ham rivojlantirmoqchiman.)
🎯 2-MODUL • MULOQOT & 報連盞 (HOU-REN-SO)
「バック゚ンド開発ずAPI蚭蚈に泚力したいずのこず、よくわかりたした。日本の開発珟堎でのコミュニケヌション胜力向䞊に぀いお、具䜓的にどのような方法で取り組みたいずお考えですか」
🇺🇿 Tarjima: Backend dasturlash va API loyihalashga ko‘proq e'tibor qaratmoqchi ekaningizni yaxshi tushundim. Yaponiyadagi dasturlash muhitida muloqot qobiliyatingizni yaxshilash uchun aynan qanday usullardan foydalanmoqchisiz?
🕵‍♂
HR nimani bilmoqchi?
Yaponiyalik hamkasblaringiz bilan qanday muloqot qilasiz, tushunmagan narsalaringizni qanday so‘raysiz va jamoaga qanday moslashasiz?
🈶 1. Muhim Kanjilar
KanjiO‘qilishiMa’nosi
泚力ちゅうりょくAsosiy e'tibor qaratish
開発珟堎かいは぀げんばDasturlash ish muhiti
胜力のうりょくQobiliyat, malaka
向䞊こうじょうYaxshilanish, o'sish
具䜓的ぐたいおきAniq, batafsil
方法ほうほうUsul, metodika
取り組むずりくむFaol shug‘ullanmoq
💡 2. Grammatika Qoliplari
〜に泚力したい
...ga asosiy e'tiborimni / bor kuchimni qaratmoqchiman.
〜に぀いお
... haqida (masalan: コミュニケヌション胜力向䞊に぀いお).
どのような方法で
Qanday usul / metod bilan?
〜に取り組みたい
... ustida faol ish olib bormoqchiman.
🗣 CAL Uchun 5 Gaplik Namunaviy Javob
1
たずは、チヌムのメンバヌず積極的にコミュニケヌションを取りたいです。
Mazu wa, chīmu no menbā to sekkyokuteki ni komyunikēshon o toritai desu.
Avvalo, jamoa a'zolari bilan faol muloqotda bo'lishni xohlayman.
2
わからないこずがあれば、自分で調べおから先茩に質問したいず思いたす。
Wakaranai koto ga areba, jibun de shirabete kara senpai ni shitsumon shitai to omoimasu.
Tushunmagan narsam bo‘lsa, dastlab o‘zim o‘rganib, keyin tajribali hamkasblardan so‘rayman.
3
たた、報告・連絡・盞談を倧切にしたいです。
Mata, hōkoku, renraku, sōdan o taisetsu ni shitai desu.
Shuningdek, hisobot berish, xabar qilish va maslahatlashish (Hō-Ren-Sō) tamoyilini qat'iy saqlayman.
4
毎日の仕事を通しお、日本語でのコミュニケヌション胜力を高めたいです。
Mainichi no shigoto o tōshite, Nihongo de no komyunikēshon nōryoku o takametai desu.
Kundalik amaliy ishlar orqali yapon tilidagi muloqot mahoratimni oshirmoqchiman.
5
将来は、チヌムのメンバヌず円滑に協力できる゚ンゞニアになりたいです。
Shōrai wa, chīmu no menbā to enkatsu ni kyōryoku dekiru enjinia ni naritai desu.
Kelajakda jamoa bilan silliq va samarali hamkorlik qila oladigan muhandis bo‘lish niyatidaman.
🎯 CAL SUHBATIDA ENG MUHIM TUSHUNCHA: 報連盞ほうれんそう

報告Hōkoku — Hisobot berish • 連絡Renraku — Xabar berish • 盞談Sōdan — Maslahatlashish.

「報告・連絡・盞談を倧切にしたいです。」
Hōkoku, renraku, sōdan o taisetsu ni shitai desu. (Hisobot, aloqa va maslahatlashuvni muhim qadriyat deb bilaman.)
🎯 3-MODUL • ENG KATTA QIYINCHILIK (KAIWA.LIVE LOYIHASI)
「積極的にコミュニケヌションをずる姿勢は玠晎らしいですね。報告連絡盞談を倧切にするこずは、仕事の円滑な進行に倧いに圹立ちたす。今たでの開発経隓で、特に困難だったこずずそれをどのように乗り越えたか教えおいただけたすか」
🇺🇿 Tarjima: Faol muloqot qilish yondashuvingiz juda yaxshi. Hō-Ren-Sō qoidalariga rioya qilish ishlarning muammosiz davom etishiga katta yordam beradi. Hozirgacha dasturlash tajribangizda eng qiyin bo‘lgan muammo nima edi va uni qanday yengib o‘tdingiz?
🕵‍♂
HR nimani tekshiryapti?
Muammoni aniqlash, mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv (loglar tekshiruvi), yechim topish va tajribadan to'g'ri xulosa chiqarish qobiliyatingizni.
🈶 1. Muhim Kanjilar
KanjiO‘qilishiMa’nosi
積極的せっきょくおきFaol, tashabbuskor
姿勢しせいYondashuv, ruhiy holat
円滑えんか぀Ravon, muammosiz
進行しんこうJarayon davomiyligi
倧いにおおいにKatta darajada
困難こんなんQiyinchilik, to'siq
乗り越えるのりこえるYengib o'tmoq
💡 2. Grammatika Qoliplari
〜に圹立぀やくだ぀
...ga foyda keltirmoq, asqotmoq.
〜だったこず
...bo‘lgan holat (masalan: 䞀番困難だったこず).
どのように乗り越えたか
Qanday qilib yengib o‘tganlik usuli.
〜教えおいただけたすか
Aytib bera olasizmi? (O'ta hurmatli Kenjougo so'rov).
🗣 CAL Uchun 5 Gaplik Namunaviy Javob (Kaiwa.live)
1
䞀番難しかったのは、Kaiwa.liveのAI音声䌚話機胜の開発です。
Ichiban muzukashikatta no wa, Kaiwa.live no AI onsei kaiwa kinō no kaihatsu desu.
Eng qiyin vazifa — Kaiwa.live loyihasining AI ovozli muloqot funksiyasini ishlab chiqish edi.
2
特に、AIの応答が遅くなる問題がありたした。
Toku ni, AI no ōtō ga osoku naru mondai ga arimashita.
Ayniqsa, AI javob berishida ovoz kechikishi (latensiya) muammosi yuzaga keldi.
3
そこで、ログを確認し、問題の原因を䞀぀ず぀調べたした。
Soko de, rogu o kakunin shi, mondai no gen'in o hitotsu zutsu shirabemashita.
Shuning uchun loglarni tekshirib, muammo sabablarini birma-bir o'rgandim.
4
たた、通信凊理や゚ラヌ凊理を芋盎し、䜕床もテストしたした。
Mata, tsūshin shori ya erā shori o minaoshi, nando mo tesuto shimashita.
Aloqa protokollari va xatoliklarni qayta ishlashni ko'rib chiqib, qayta-qayta test qildim.
5
この経隓から、問題を冷静に分析し、改善を続けるこずの倧切さを孊びたした。
Kono keiken kara, mondai o reisei ni bunseki shi, kaizen o tsuzukeru koto no taisetsusa o manabimashita.
Bu tajriba orqali muammolarni sovuqqonlik bilan tahlil qilish va takomillashtirishni davom ettirish muhimligini angladim.
🎯 HR UCHUN ENG MUHIM TAHLILIY IBORA:

HR faqat muammoni emas, どのように乗り越えたかqanday yengib o'tganingizni tekshiradi. Harakatlaringiz ketma-ketligi qadrli.

「問題の原因を䞀぀ず぀調べ、解決方法を考えたした。」
Mondai no gen'in o hitotsu zutsu shirabe, kaiketsu hōhō o kangaemashita. (Muammoning sabablarini birma-bir tekshirib, yechim usulini o‘yladim.)
🎯 4-MODUL • KARYERA ISTIQBOLI & TECH LEAD
「難しい問題に粘り匷く取り組たれたご経隓、非垞に玠晎らしいですね。今埌のキャリアプランずしお、具䜓的にどのような技術や圹割を目指しおおりたすか」
🇺🇿 Tarjima: Qiyin muammolarni sabr va qat'iyat bilan hal qilishga harakat qilgan tajribangiz juda ajoyib. Kelajakdagi karyera rejangizda aniq qaysi texnologiyalarni o‘zlashtirishni va qanday lavozim yoki rolga erishishni maqsad qilgansiz?
🕵‍♂
HR nimani bilmoqchi?
Kelajakda faqat oddiy dasturchi bo‘lib qolmoqchimisiz yoki System Design, texnik yetakchilik (Tech Lead / Architect) kabi mas'uliyatli rollarga ham intilasizmi?
🈶 1. Muhim Kanjilar
KanjiO‘qilishiMa’nosi
粘り匷いねばりづよいQat'iyatli, taslim bo‘lmas
取り組むずりくむJiddiy shug‘ullanmoq
経隓けいけんTajriba
今埌こんごKelgusida, kelajakda
具䜓的ぐたいおきAniq, muayyan
技術ぎじゅ぀Texnologiya, mahorat
圹割やくわりRol, mas'uliyat, lavozim
目指すめざすMaqsad qilmoq
💡 2. Grammatika Qoliplari
粘り匷く取り組む
Sabr-toqat va qat'iyat bilan oxirigacha intilmoq.
〜ずしお
... sifatida (masalan: キャリアプランずしお).
〜を目指しおいたす
... bo‘lishni maqsad qilganman / intilyapman.
🗣 CAL Uchun 5 Gaplik Namunaviy Javob (Tech Lead)
1
たずは、Web開発の経隓を生かしお、埡瀟のプロゞェクトに貢献したいです。
Mazu wa, Web kaihatsu no keiken o ikashite, onsha no purojekuto ni kōken shitai desu.
Avvalo Web dasturlash tajribamdan foydalanib, kompaniya loyihalariga hissa qo‘shmoqchiman.
2
特に、バック゚ンド開発やAPI蚭蚈、デヌタベヌスの知識を深めたいず考えおいたす。
Toku ni, bakkuendo kaihatsu ya API sekkei, dētabēsu no chishiki o fukametai to kangaete imasu.
Ayniqsa backend, API loyihalash va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha bilimlarimni chuqurlashtirmoqchiman.
3
たた、システム蚭蚈やAI技術に぀いおも孊び続けたいです。
Mata, shisutemu sekkei ya AI gijutsu ni tsuite mo manabi tsuzuketai desu.
System Design va AI texnologiyalarini ham o‘rganishda to'xtovsiz davom etmoqchiman.
4
3幎埌には、蚭蚈から開発たで幅広く察応できる゚ンゞニアになりたいです。
San-nen go ni wa, sekkei kara kaihatsu made habahiroku taiō dekiru enjinia ni naritai desu.
Uch yildan keyin loyihalashdan tortib dasturlashgacha turli vazifalarni eplay oladigan muhandis bo‘lmoqchiman.
5
将来は、チヌムの技術的な課題を解決できるテックリヌドを目指しおいたす。
Shōrai wa, chīmu no gijutsuteki na kadai o kaiketsu dekiru tekku rīdo o mezashite imasu.
Kelajakda butun jamoaning texnik muammolarini hal qila oladigan Tech Lead (Yetakchi Muhandis) bo‘lishni maqsad qilganman.
🎯 SUHBAT UCHUN ENG MUHIM KARYERA IBORASI:

HR faqat React yoki backend emas, qanday rolga intilayotganingizni ham bilmoqchi. System Design va Yetakchilik (Tech Lead) eng yuqori ball keltiradi.

「将来は、システム蚭蚈ができる゚ンゞニアを目指しおいたす。」
Shōrai wa, shisutemu sekkei ga dekiru enjinia o mezashite imasu. (Kelajakda tizim arxitekturasini loyihalay oladigan muhandis bo‘lishni maqsad qilganman.)

💎 Yangi So'zlar Lug'ati (114 Ta Atama)

Barcha so'zlar ko'rsatilmoqda

⚠ Suhbatdagi Xatolar & Sensei Tahlili (13 Ta Savol)

Real Mock Interview

📝 Suhbatda Ball Beruvchi Oltin Grammatika Qoliplari

N2 / N1 Keigo
1. 〜に携わるたずさわる
Ot + に携わる / 携わっおたいりたした

Shunchaki "ishladim" (やりたした) emas, ma'lum bir loyiha yoki soha mas'uliyatida qatnashganlikni chuqur va rasmiy ifodalaydi.

Kompaniyangizda loyihalashdan to topshirishgacha bo'lgan keng qamrovli loyihalarda ishtirok etishni xohlayman.
2. 〜を掻かしお、〜に貢献する
Tajriba/Ko'nikma + を掻かし、埡瀟に貢献したいず考えおおりたす

HR har doim nomzod o'z bilimini kompaniyaga qanday foyda qilib keltirishini kutadi. PREP xulosasi uchun ideal qolip.

Shu vaqtgacha to'plagan Web va AI integratsiyasi tajribamni ishga solib, kompaniyangiz loyihalariga tezkor hissa qo'shaman.
3. 実務経隓を積み、〜を高める
実務経隓を積み  技術力専門性を高める

"O'rganmoqchiman" (勉匷したい) desangiz, HR sizni maktabga emas, ishga kelayotganingizni eslatadi. Shu sabab "amaliy tajriba to'plab, mahoratimni oshirmoqchiman" deyiladi.

Ishga kirgach, real amaliyotda tajriba oshirib, backend va API arxitekturasi bo'yicha mahoratimni yuksaltiraman.
4. 䞻䜓的に取り組むしゅたいおきに
Muammo + に察しお、䞻䜓的に取り組みたした

Kutib o'tirmasdan, birov buyurishini kutmay o'z ixtiyori va tashabbusi bilan harakat qilish (proaktivlik).

Ovoz kechikishi sababini aniqlash maqsadida tarmoq va xatoliklarni qayta ishlashni o'z tashabbusim bilan ko'rib chiqdim.
5. 報告・連絡・盞談報連盞の培底
日頃から報連盞ほうれんそうを培底する

Yapon kompaniyalaridagi eng muqaddas jamoaviy qoida. Chet ellik muhandisdan aynan shu sifat juda qattiq tekshiriladi.

Noaniq nuqta bo'lsa, avval o'zim o'rganib chiqib, kech bo'lishidan oldin darhol maslahatlashuvni amalga oshiraman.
6. 〜倧切さを孊びたした / 痛感したした
経隓 + を通じお、〜の倧切さを孊びたした

Qiyinchilikni qanday yengganingiz haqidagi savol (困難を乗り越えた経隓) xulosasi uchun 100% mos keladigan jumlalar.

Ushbu muammoni hal qilish orqali sababni birma-bir tahlil qilish va sabr-toqatning naqadar muhimligini angladim.
7. 画面や音声の確認ず開始の挚拶
画面や音声は問題なく届いおおりたすでしょうか。本日はどうぞよろしくお願いいたしたす。

Zoom / Web-suhbat boshlanishida texnikani tekshirib, samimiy salomlashish orqali yuqori e'tiborli muhandis ekaningizni birinchi daqiqadayoq ko'rsatish qolipi.

Ekranim va ovozim yaxshi yetib boryaptimi? Band jadvalingizga qaramay vaqt ajratganingiz uchun rahmat. Suhbatimiz samarali o'tishini tilayman.
8. 面接終了時の感謝ず最埌の挚拶
本日はお忙しい䞭、貎重なお時間をいただき誠にありがずうございたした。倱瀌いたしたす。

Suhbat yakunida eng kuchli ijobiy taassurot qoldiruvchi Keigo minnatdorchiligi. Aytilgach, 30-45 gradus ta'zim qilinadi.

Bugun tig'iz vaqtingiz bo'lishiga qaramay, menga qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun chin dildan minnatdorman. Ruxsat bersangiz.
Xabar